Fuqaro aviatsiyasi sohasida O‘zbekiston — O‘mon munosabatlari yanada kengaytiriladi
2025-06-16 10:00:00 / Yangiliklar

Muzokaralarda O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish, jumladan “Oman Air” aviakompaniyasining O‘zbekistonga rejalashtirilayotgan parvozlari, shuningdek ikki davlat aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasidagi kelishuvlarni yangilash bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston va O‘mon aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasidagi kelishuv yangilandi. Imzolangan kelishuvga asosan har ikki tomon aviakompaniyalariga haftasiga 50 tagacha qatnov amalga oshirishga ruxsat berildi.
Shuningdek, Samarkand hamda Salala xalqaro aeroportlarida ochiq osmon rejimidan foydalanish hamda yuk tashish parvozlarida har ikki mamlakat aeroportlarida “beshinchi, oltinchi va yettinchi havo erkinligi” dan foydalanish huquqi berildi.
Shuningdek, vazirlik tomonidan joriy yilda “Oman Air” aviakompaniyasining O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam parvozlarini yo‘lga qo‘yilishida tegishli yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.


