Transport sohasini raqamlashtirishning yagona konsepsiyasi ishlab chiqiladi
2025-04-17 14:00:00 / Yangiliklar

Videokonferens-aloqa shaklida tashkil etilgan seminarda transport sohasida ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlarni auditdan o‘tkazish va raqamlashtirilmagan biznes jarayonlarni aniqlab, xalqaro tajriba asosida transport sohasini raqamlashtirishning yagona konsepsiyasini ishlab chiqish masalalari Osiyo Taraqqiyot Banki vakillari bilan muhokama etildi.
Transport vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish bo‘limi, Transport vazirligi huzuridagi “Raqamli transport markazi” DM, idoraviy mansub tashkilotlar hamda Osiyo Taraqqiyot Banki bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminarda Transport sohasini raqamlashtirish strategiya loyihasini ishlab chiqish uchun audit o‘tkazish masalalari belgilab olindi.







