MILLIY TASHUVCHILAR DIQQATIGA
2025-03-05 16:00:00 / Yangiliklar

Bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqiga Belarus Respublikasidan (Мyadininkay va Shalchininkay chegara o‘tkazish punktlari orqali) va Rossiya Federatsiyasidan (Kibartay chegara o‘tkazish punkti orqali) yoqilg‘i olib kirish cheklangan.
Ushbu nazorat-o‘tkazish punktlaridan o‘tayotgan yuk avtotransport vositalari haydovchilari elektron deklaratsiyada yonilg‘i baklaridagi yoqilg‘i miqdorini ko‘rsatishi shart.
Qoidalarni buzish jarima, yoqilg‘ini musodara qilish, hatto ayrim hollarda transport vositasini musodara qilish kabi ma’muriy javobgarlikka olib kelishi mumkin.
Milliy tashuvchilardan yangi tartibga amal qilishlarini va yuk tashuvlarida yo‘nalishni rejalashtirishda ushbu talablarni hisobga olishlarini so‘rab qolamiz!
