Toşkent viloyatiga çiquvçi avtobus yönalişlarida nazorat kuçaytirildi: 15 kunda 5 601 ta qoidabuzarlik aniqlandi
2026-11-17 20:00:00 / Yangiliklar

Tadbirlardan közlangan asosiy maqsad — jamoat transportida yöl haqini öz vaqtida tölaş madaniyatini şakllantiriş, çiptasiz yuriş holatlarining oldini oliş hamda yölovçilarning qonunçilik talablariga rioya etilişini ta’minlaşdan iborat.
Nazorat jarayonlarida yölovçilar örtasida avtobusga çiqiş vaqtida yöl haqini tölaş zarurligi, transport va bank kartalari hamda boşqa naqdsiz tölov usullaridan foydalaniş tartibi, şuningdek, çiptasiz yurişning huquqiy oqibatlari yuzasidan tuşuntiriş berildi.
Nazorat tadbirlari davomida yöl haqini tölamasdan harakatlangan yölovçilarga nisbatan jami 5 601 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirildi.
Qoidabuzarliklar eng köp qayd etilgan yönalişlar quyidagiça:
· 8T-yönaliş — 593 ta;
· 145-yönaliş — 585 ta;
· 194-yönaliş — 531 ta;
· 65-yönaliş — 517 ta;
· 74-yönaliş — 417 ta.
‼️HURMATLI YÖLOVÇILAR!
Brutto-şartnoma asosida taşkil etilgan muntazam şahar avtobus yönalişlarida 2026-yil 1-sentyabrdan boşlab yölovçilar avtobusga çiqiş vaqtida yöl haqini belgilangan tartibda tölaşi şart.
Yöl haqini tölamasdan harakatlaniş qonunçilikda belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka sabab böladi.
Avtobusga çiqdingizmi — yöl haqini darhol tölang! Çiptasiz yurmang, safaringiz uçun belgilangan haqni tölaşni unutmang!









