Toşkentda VI xalqaro Central Asia Aviation Summit öz işini boşladi
2026-11-17 11:10:00 / Yangiliklar

ATO Comm va Mark Comm kompaniyalari tomonidan taşkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro tadbir Markaziy Osiyoda fuqaro aviatsiyasini rivojlantiriş, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş, şuningdek, aviatsiya sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş va yangi biznes imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan.
Sammitda Markaziy Osiyo, Kavkaz, Yaqin Şarq va Yevropa mamlakatlaridan 300 nafardan ortiq delegat, jumladan, 35 dan ziyod aviakompaniya va aeroport rahbarlari, xalqaro aviatsiya ekspertlari, lizing va moliya institutlari hamda havo kemalarini işlab çiqaruvçi yirik kompaniyalar vakillari iştirok etmoqda.
Tadbir doirasida mintaqaviy yölovçi va yuk taşiş bozorining rivojlaniş tendensiyalari, aviatsiya lizingi va moliyalaştirişning zamonaviy mexanizmlari, aeroportlar infratuzilmasini takomillaştiriş, parvozlar geografiyasini kengaytiriş hamda sohadagi istiqbolli yönalişlar va mavjud muammolar muhokama qilinmoqda.
Mazkur sammit aviatsiya sohasida xalqaro muloqotni rivojlantiriş, özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş va Markaziy Osiyoning jahon aviatsiya bozoridagi örnini mustahkamlaş uçun muhim muloqot maydoni bölib xizmat qiladi.






