Markaziy Osiyo aviatsiyasi: yangi imkoniyatlar, strategik maqsadlar va xalqaro hamkorlik
2026-11-17 14:00:00 / Yangiliklar

Tahlillarga köra, 2025-yilda mintaqaning beşta davlati aviakompaniyalari 31,7 million yölovçini taşidi. 2035-yilga borib uşbu körsatkiç 59 million nafarga yaqinlaşişi mumkin. Bu yiliga örtaça 6,4 foiz ösişni anglatadi. Sönggi ön yil davomida aviakompaniyalarning yölovçi taşiş quvvatlari yiliga örtaça 7,7 foizga oşib borgan. Şuningdek, kam xarajatli aviakompaniyalar segmenti faol rivojlanmoqda, aviatsiya yuk taşuvlarining yillik hajmi esa 335 ming tonnadan oşgan. 2035-yilga qadar mintaqa aeroportlari infratuzilmasiga 5 milliard AQŞ dollaridan ortiq investitsiya kiritiş rejalaştirilgan.
Ta’kidlanganidek, Özbekiston ham uşbu taraqqiyot jarayonida salmoqli natijalarga erişmoqda. 2018–2019-yillarda Prezidentimiz taşabbusi bilan fuqaro aviatsiyasi sohasida keng kölamli islohotlar boşlandi. Transport vazirligi taşkil etildi, aviakompaniyalar, aeroportlar va aeronavigatsiya faoliyati funksiyalari mustaqil operatorlar örtasida taqsimlandi hamda mustaqil tartibga soliş tizimi şakllantirildi.
Bozorni liberallaştiriş va xususiy sektor uçun imkoniyatlarni kengaytiriş natijasida yangi aviakompaniyalar faoliyati yölga qöyildi. Ularning bozorga kirib kelişi va rivojlanişi jarayonida vazirlik tomonidan zarur taşkiliy va amaliy kömak körsatildi.
Bugungi kunda respublikada öndan ortiq mahalliy aviakompaniya faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimiz aviaparkidagi havo kemalari soni 110 tadan oşdi va har yili örtaça 15 ta yangi havo kemasi bilan töldirilmoqda. 2025-yilda milliy aviakompaniyalarimiz 11 million nafardan ortiq yölovçini taşidi. Bu esa sohadagi islohotlar va bozordagi faollik izçil natija berayotganini körsatadi.
J. Nazarov öz nutqi davomida Markaziy Osiyoning qulay geografik joylaşuvi, xalqaro tranzit yölaklarini rivojlantirişdagi strategik ahamiyati hamda mintaqani Yevropa va Osiyo örtasidagi yirik aviatsiya va logistika markaziga aylantiriş imkoniyatlariga ham alohida e’tibor qaratdi.
Xususan, Transkaspiy xalqaro transport yönalişi doirasida aviatsiya taşuvlarini rivojlantiriş, Navoiy aeroportining xalqaro yuk taşiş xabi sifatidagi salohiyatini oşiriş, şuningdek, havo, temir yöl va avtomobil transporti integratsiyasini kuçaytiriş muhim vazifalar sifatida qayd etildi.
Ta’kidlanganidek, Xitoy va Janubi-Şarqiy Osiyoni Yevropa bilan boğlovçi Transkaspiy xalqaro transport yölagida aviatsiyaning örni tobora ortib bormoqda. Bu jarayonda Navoiy aeroporti muhim havo transport uzeli sifatida rivojlanmoqda. Elektron tijorat bilan boğliq yuk oqimlarining ortişi esa «havo transporti — temir yöl — avtomobil transporti» tamoyiliga asoslangan multimodal taşuvlar tizimini rivojlantiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
Şuningdek, Toşkentning qulay geografik örni Janubi-Şarqiy Osiyo va Yevropa örtasidagi avia yönalişlarda qöşimça uçiş masofasini sezilarli darajada qisqartiriş imkonini berişi ta’kidlandi. Ayrim raqobatçi xablarda qöşimça uçiş masofasi 6 foizdan ortiq bölgan bir şaroitda, Toşkent yönalişlarida bu körsatkiç 1 foizdan kamni taşkil etadi.
«Bizning asosiy vazifamiz — ana şu tabiiy geografik ustunlikni barqaror tranzit oqimlari va yangi iqtisodiy imkoniyatlarga aylantirişdir. Şu munosabat bilan barça aviakompaniyalar, lizing kompaniyalari va investorlarni uşbu jarayonda faol iştirok etişga taklif etamiz», — dedi Jamoliddin Nazarov.
Qayd etilganidek, Özbekiston xalqaro hamkorlik uçun oçiq bölib, yangi avia yönalişlarni yölga qöyiş, tijorat huquqlari böyiça barqaror va prognoz qilinadigan siyosatni amalga oşiriş, aviatsiya bozori infratuzilmasini rivojlantiriş hamda soha uçun malakali kadrlar tayyorlaşga alohida e’tibor qaratmoqda.
Asosiy maqsad — Özbekiston va butun Markaziy Osiyo osmonini oçiq, xavfsiz va iqtisodiy jihatdan jozibador makonga aylantiriş, mintaqaviy aviatsiya salohiyatidan samarali foydalangan holda xalqaro transport-logistika aloqalarini yangi bosqiçga olib çiqişdir.









