Davlat siyosati amalda: Nukusda jamoat transporti qamrovi kengaymoqda
2026-11-16 16:00:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz taşabbusi bilan sönggi yillarda jamoat transporti tizimini tubdan isloh qiliş, uning moddiy-texnik bazasini yangilaş, yangi avtobus yönalişlarini taşkil etiş va aholiga körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşirişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
E’tiborlisi, bu jarayon faqat yirik şahar markazlarini zamonaviy transport bilan ta’minlaş bilangina çeklanmayapti. Çekka hududlar va mahallalarni ham jamoat transporti bilan qamrab oliş, aholining kundalik harakatlanişi uçun qulay va teng imkoniyatlar yaratiş davlat siyosatining muhim vazifalaridan biriga aylandi.
Uşbu yönalişda joriy etilgan brutto-şartnoma tizimi sohadagi muhim institutsional özgarişlardan biri böldi. Mazkur mexanizm orqali taşuvçilar faoliyatini bosib ötilgan masofa va xizmat sifati asosida baholaş, qatnovlar muntazamligini ta’minlaş, şuningdek, yölovçilarga körsatilayotgan xizmatlar ustidan samarali nazorat örnatiş imkoniyati yaratilmoqda.
Transport vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi ham öz iş rejasiga muvofiq, jamoat transportini rivojlantirişga qaratilgan dasturlar ijrosini joylarda örganiş va bu jarayonda jamoatçilik nazoratini ta’minlaş işlarini izçil davom ettirmoqda.
Navbatdagi monitoring tadbirlari Qoraqalpoğiston Respublikasida taşkil etildi. Jamoatçilik kengaşi a’zolari hududda aholiga qulay, sifatli va xavfsiz transport xizmatlarini körsatiş borasida amalga oşirilayotgan işlar, mavjud muammolar hamda istiqboldagi rejalar bilan tanişdi.
Dastlab, Kengaş vakillari Qoraqalpoğiston Respublikasi Transport vazirligi hamda "Yölovçi taşişni monitoring va nazorat qiliş" davlat muassasasida bölib, jamoat transporti tizimining bugungi holati va uni rivojlantiriş böyiça belgilangan vazifalar yuzasidan ma’lumot oldi.
Raqamlar sohadagi özgarişlar kölamini körsatmoqda. Bugungi kunda Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida 389 ta yönaliş mavjud bölib, ularda 140 ta korxonaga tegişli 2 522 ta avtotransport vositasi aholiga xizmat körsatmoqda. Şuningdek, hududda 5 ta avtovokzal, 17 ta avtostansiya va 1 395 ta bekat faoliyat yuritmoqda.
Avtobuslar parkini yangilaş borasida ham muayyan işlar amalga oşirilmoqda. Joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar tomonidan 70 ta avtobus xarid qilindi. Bundan taşqari, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki kredit mablağlari hisobidan 2027-yil mart oyiga qadar yana 112 ta avtobus olib kelinişi rejalaştirilgan.
Şu bilan birga, Qoraqalpoğiston Respublikasida zamonaviy avtobuslar sonini oşiriş va yönalişlar qamrovini kengaytiriş borasidagi çora tadbirlar natijasida bugungi kunda Nukus şahrida 68 ta zamonaviy «Yutong» avtobusi 5 ta yönalişda brutto-şartnoma asosida yölovçilarga xizmat körsatmoqda.
Jamoat transporti qamrovini şahar atrofidagi hududlarga kengaytiriş ham muhim natijalardan biridir. Nukus şahri va Xöjayli tumani markazi örtasidagi transport aloqalarini yaxşilaş maqsadida aglomeratsiya tamoyili asosida yangi yönaliş taşkil etildi. Xususan, 2026-yil 9-noyabrdan boşlab 2A-sonli «Harbiy garnizon – Xöjayli avtovokzali» yönalişida avtobuslar harakati Xöjayli tumani markaziga qadar uzaytirildi.
Bu kabi özgarişlar, avvalo, aholining kundalik harakatlanişi uçun qulaylik yaratişga xizmat qiladi. Yönalişlar qamrovining kengayişi, avtobus qatnovlarining tizimli taşkil etilişi va yagona transport xizmatlarining rivojlanişi fuqarolarning vaqt hamda yöl xarajatlarini tejaş imkonini beradi.
Monitoring davomida Jamoatçilik kengaşi a’zolari markazlaşgan dispetçerlik xizmati faoliyati bilan ham tanişdi. Brutto-şartnoma asosida yönalişlarga biriktirilgan avtobuslarning bosib ötgan masofasi va xizmat sifati mezonlari böyiça baholanişi yuzasidan mas’ullardan batafsil ma’lumotlar olindi.
Örganişlar faqat mas’ul taşkilotlar taqdim etgan ma’lumotlar bilan çeklanib qolmadi. Kengaş a’zolari avtobus yönalişlarida yölovçilar bilan bevosita muloqot qilib, transport xizmatlarining sifati, qatnovlar muntazamligi va aholi uçun yaratilgan qulayliklar yuzasidan fikr-mulohazalarni ham örgandilar.
Zero, jamoat transporti sohasidagi islohotlarning haqiqiy samarasi faqat xarid qilingan avtobuslar yoki taşkil etilgan yönalişlar soni bilan emas, balki aholining kundalik hayotida yaratilgan qulayliklar bilan ölçanadi.
Şu bois joylardagi monitoring, jamoatçilik fikrini örganiş va aniqlangan muammolarni bartaraf etiş böyiça takliflar işlab çiqiş transport tizimini yanada takomillaştirişda muhim ahamiyat kasb etadi.







