‘‘Yangi Buxoro” xalqaro aeroportini quriş va boşqaruvga beriş böyiça ötkazilgan tender ğolibi aniqlandi
2026-11-12 17:00:00 / Yangiliklar

2026-yilning 12-martida “Yangi Buxoro xalqaro aeroportini quriş va boşqaruvga beriş” DXŞ loyihasini “Quriş-topşiriş-boşqariş” (Build-Transfer-Operate - BTO) modeli böyiça amalga oşiriş uçun oçiq tender e’lon qilingan edi. Tender ikki bosqiçda bölib ötdi: malaka sörovi (RFQ) va takliflar sörovi (RFP). Ilgari xabar berilganidek, oltita kompaniya tenderning ikkinçi yakuniy bosqiçiga ötgan, va uning natijasida Idoralararo tender komissiyasi tomonidan ğolib aniqlandi.
Ta’kidlaş joizki, DXŞ loyihasi yangi aeroportni quriş va boşqariş loyihasini birgalikda amalga oşirişni nazarda tutadi. Xususiy şerik soatiga 1 200 yölovçiga xizmat körsatiş quvvatiga ega yangi yölovçi terminali, vokzaloldi maydoni, avtoturargoh va tegişli infratuzilmani quriş hamda boşqariş işlarini amalga oşiradi.
Davlat şerigi aerodrom majmuasini (uçiş-qöniş yölagi, perron) quriş va boşqariş uçun javobgarlikni öziga oladi. Keyingi bosqiçda umumiy muddati 23 yil, şu jumladan 3 yilgaça quriliş davrini öz içiga olgan DXŞ töğrisidagi bitim tuzilişi közda tutilgan.
Ğolib konsorsium tarkibiga kirgan kompaniyalar dunyoning turli mamlakatlarida aeroportlar va yirik infratuzilma obyektlarini quriş hamda boşqarişda katta tajribaga ega: Limak Priştina (Kosovo) va Dakar (Senegal) xalqaro aeroportlarini boşqaradi, hamda Istanbul aeroportini qurişda iştirok etgan va Qohira (Misr) aeroportidan söng Quvayt xalqaro aeroportining yangi terminalini qurmoqda. HBK Contracting kompaniyasi esa 2022-yilgi futbol böyiça jahon çempionati finali ötgan Qatardagi “Lusail” stadioni qurilişining boş pudratçisi bölgan.
Eslatib ötamiz, “Yangi Buxoro” xalqaro aeroportini quriş va boşqariş böyiça DXŞ loyihasi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PQ-308-son qaroriga asosan “Uzbekistan Airports” AJ tomonidan Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oşirilmoqda.

