Özbekiston va Tojikiston örtasida transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi
2026-11-11 16:00:00 / Yangiliklar

Muzokaralar davomida ikki mamlakat örtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş, özaro yuk taşuvlari hajmini oşiriş hamda eksport va tranzit jarayonlarini soddalaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Özbekistondan Tojikistonga quriliş materiallarini avtomobil transportida taşiş uçun undiriladigan yiğimlarni maqbullaştiriş, temir yöl orqali yetkazib berilayotgan eksport yuklarini Tojikiston hududida vagonlardan tuşiriş jarayonlarini tezlaştiriş va mavjud muammolarni bartaraf etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, ikki davlat örtasidagi çegara-ötkaziş punktlarining ötkazuvçanlik qobiliyatini oşiriş, yuk taşuvlari uçun yanada qulay şart-şaroitlar yaratiş yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuv yakunida Özbekistondan Tojikistonga eksport hajmini köpaytiriş, yuk taşiş jarayonlarini jadallaştiriş hamda mavjud tösiqlarni bartaraf etişga qaratilgan zarur çora-tadbirlarni qisqa muddatlarda amalga oşiriş böyiça kelişuvga erişildi.

