Toşkentda yöl haqi tölovlari nazorati kuçaytirildi
2026-11-10 17:05:00 / Yangiliklar

Şu bilan birga, ayrim yölovçilar tomonidan yöl haqini belgilangan tartibda tölamaslik holatlari kuzatilmoqda. Mazkur qoidabuzarliklarning oldini oliş, tölov madaniyatini yuksaltiriş hamda jamoat transportida belgilangan talablarga rioya etilişini ta’minlaş maqsadida Toşkent şahrida kuçaytirilgan nazorat-reyd tadbirlari ötkazilmoqda.
Xususan, «Toşkent şahar yölovçi taşişni monitoring va nazorat qiliş» davlat muassasasi nazoratçilari tomonidan avtobuslarda yöl haqi tölovlari nazorat qilinib, qoidabuzarlik holatlari yuzasidan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylaştirilmoqda. Şuningdek, yölovçilarga elektron tölov tizimidan foydalaniş va tölovlarni öz vaqtida amalga oşiriş böyiça tuşuntirişlar berilmoqda.
Ma’lumot uçun: 2026-yilning yanvar–oktyabr oylarida Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 144-moddasi böyiça jami 138 780 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Şundan 25 596 tasi oktyabr oyiga töğri kelib, 10 oylik umumiy körsatkiçning 18,4 foizini taşkil etgan.
Joriy yilning 1–9-noyabr kunlarida esa 7 757 ta, ya’ni kunlik örtaça 862 ta ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Şu tariqa, 2026-yilning 1-yanvaridan 9-noyabriga qadar rasmiylaştirilgan ma’muriy bayonnomalar soni 146 537 taga yetgan.
Transport vazirligi yölovçilarni jamoat transportidan foydalanişda belgilangan qoidalarga rioya etişga hamda yöl haqini öz vaqtida tölaşga çaqiradi.









