Özbekiston Qozoğiston va Xitoy bilan aviaqatnovlar sonini oşiradi
2026-11-09 10:00:00 / Yangiliklar

Unda Özbekiston, Xitoy, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston aviatsiya ma’muriyatlari hamda aviakompaniyalari vakillari iştirok etdi.
Anjuman doirasida «Havo ipak yöli»ni birgalikda barpo etiş böyiça kelişuv ijrosini ta’minlaş, Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy örtasidagi aviatsiya sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş, havo transporti bozorini liberallaştiriş, me’yoriy-huquqiy bazani uyğunlaştiriş hamda ilğor texnologiya va tajribalarni amaliyotga joriy etiş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, fuqaro aviatsiyasi infratuzilmasini rivojlantiriş, parvozlar xavfsizligini ta’minlaş, sohada «yaşil» va «aqlli» texnologiyalarni keng joriy etiş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş hamda muntazam yuqori darajadagi uçraşuvlar mexanizmini şakllantirişga alohida e’tibor qaratildi.
Anjuman doirasida iştirokçi davlatlar örtasida aviaqatnovlarni yanada kengaytiriş yuzasidan ikki tomonlama muzokaralar ham ötkazildi.
Xususan, Özbekiston va Qozoğiston aviatsiya ma’muriyatlari örtasidagi muzokaralar natijasida:
- Toşkent – Olmaota va Toşkent – Ostona yönalişlarining har birida muntazam parvozlar sonini haftasiga 42 tadan 60 tagaça oşiriş;
- qolgan barça yönalişlarda parvozlar sonini haftasiga 14 tadan 20 taga oşiriş böyiça kelişuvga erişildi.
Şuningdek, Özbekiston va Xitoy aviatsiya ma’muriyatlari örtasidagi muzokaralar yakuniga köra, ikki davlat örtasidagi muntazam aviaqatnovlar sonini haftasiga 100 tadan 114 tagaça oşiriş huquqi berildi. Erişilgan kelişuvlarni mustahkamlaş maqsadida tegişli hujjatlar imzolandi.
Uşbu kelişuvlar Özbekistonning xalqaro aviatsiya bozoridagi mavqeini mustahkamlaş, mamlakatimizning mintaqaviy va xalqaro transport-logistika boğliqligini oşiriş, yölovçilar uçun safar imkoniyatlarini kengaytiriş hamda savdo-iqtisodiy va turistik aloqalarni jadallaştirişga xizmat qiladi.
Şu ma’noda, mazkur anjuman va ikki tomonlama muzokaralar «Havo ipak yöli»ni birgalikda barpo etiş yölidagi navbatdagi muhim amaliy qadam böldi.
Işçi guruhning törtinçi yiğilişi 2027-yilda Qirğizistonda ötkazilişi belgilandi.







