“Olot” çegara bojxona postida ötkazuvçanlikni oşiriş va logistika infratuzilmasini takomillaştiriş masalalari muhokama qilindi
2026-11-04 20:00:00 / Yangiliklar

Örganişlar davomida asosiy e’tibor Davlatimiz Rahbari tomonidan qöyilayotgan ustuvor vazifalardan kelib çiqib, uşbu postning ötkazuvçanlik quvvatini oşiriş, transport vositalarining çegaradan uzluksiz harakatlanişini ta’minlaş, şuningdek, yuk taşiş jarayonlarini yanada soddalaştiriş va logistika infratuzilmasini rivojlantiriş masalalariga qaratildi.
Mazkur post orqali harakatlanayotgan yuk avtotransport vositalari oqimi yil sayin ortib bormoqda. Xususan, joriy yilning 10 oyida post orqali 243 mingdan ziyod transport vositasi harakatlangan. Bu körsatkiç 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,3 barobarga oşganini anglatadi. Ayni paytda sutkasiga 1200 tagaça avtotransport vositasi uşbu post orqali kirib-çiqmoqda.
Mazkur ösiş sur’atlari post infratuzilmasini zamon talablari asosida takomillaştiriş, mavjud taşkiliy mexanizmlarni qayta körib çiqiş va transport oqimini samarali boşqarişni taqozo etmoqda.
Şu nuqtayi nazardan, örganiş davomida ötkazuvçanlikni oşirişga qaratilgan bir qator muhim takliflar ilgari surildi.
Jumladan, qöşni davlat tomonidan pandemiya davrida joriy etilgan “tirkama almaşiş mexanizmi”dan voz keçib, an’anaviy xalqaro yuk taşiş tizimiga qaytiş masalasi alohida muhokama qilindi.
Agar uşbu mexanizm bekor qilinsa, çegaradagi ortiqça nazorat jarayonlarini qisqartiriş, transport vositalarining harakatini tezlaştiriş imkoniyati yuzaga keladi.
Yana bir muhim taklif – ikki davlatning neytral hududlarini boğlovçi “Yomonjar” kanali ustidan ötgan, 1978-yilda qurilgan va bugungi kunda texnik jihatdan eskirgan köprik örniga zamonaviy, keng va yuqori ötkazuvçanlikka ega yangi köprik barpo etiş masalasi ham joyida körib çiqildi.
Yangi köprikni har ikki yönalişda kamida ikkitadan yuk avtomobili harakatlanişiga möljallangan holda quriş taklif etilmoqda. Bu esa yuk taşiş jarayonlarini tezlaştiriş, çegara hududida tirbandliklarni kamaytiriş, şuningdek, piyodalar va yengil avtotransport vositalari harakati uçun ham qulay şaroit yaratişga xizmat qiladi.
Bildirilgan takliflar tegişli idoralar tomonidan atrofliça örganilib, ularning texnik-iqtisodiy asoslari işlab çiqiladi. Şundan söng, asoslantirilgan takliflarni yuqori darajada körib çiqiş uçun kiritilişi belgilandi.

