“VAZIR KUBOGI”: ĞOLIB VA SOVRINDORLAR TAQDIRLANDI!
2026-11-02 17:00:00 / Yangiliklar

30-oktyabr – 1-noyabr kunlari Toşkent davlat transport universiteti futbol maydonida bölib ötgan musobaqada Transport vazirligi va uning tizim taşkilotlaridan 10 ta jamoa, jami 100 nafar iştirokçi ğoliblik uçun bahs olib bordi.
Musobaqada Transport vazirligi, Avtomobil yöllari qömitasi, Transport nazorati inspeksiyasi, Toşkent davlat transport universiteti, “Özaeronavigatsiya” Markazi, “Transport ilmiy-tadqiqot markazi”, “Raqamli transport markazi”, “Toşkent metropoliteni” AJ, “Özavtovokzal servis” va “Özavtotrans servis” taşkilotlari jamoalari iştirok etdi.
Qizğin va murosasiz keçgan uçraşuvlarda iştirokçilar nafaqat futbol maydonidagi mahoratlarini, balki ğalabaga bölgan intiliş, qat’iyat, özaro işonç va jamoaviy hamjihatlikni ham namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga köra, “Toşkent metropoliteni” AJ jamoasi barça raqiblaridan ustun kelib, faxrli birinçi örinni egalladi hamda musobaqaning boş sovrini — “Transport vaziri kubogi”ni qölga kiritdi.
SOVRINLI ÖRINLAR QUYIDAGIÇA TAQSIMLANDI:
1-örin — “Toşkent metropoliteni” AJ;
2-örin — “Özaeronavigatsiya” Markazi;
3-örin — Transport nazorati inspeksiyasi va “Özavtotrans servis” MÇJ jamoalari.
Musobaqa yakunida ğolib va sovrindor jamoalar taqdirlanib, ularga munosib mukofotlar topşirildi.
Ta’kidlaş joizki, bunday sport tadbirlari xodimlarning jismoniy faolligini oşiriş bilan bir qatorda, turli taşkilotlar vakillari örtasida özaro muloqot, döstona munosabatlar va hamkorlik aloqalarini mustahkamlaşga xizmat qiladi. Eng muhimi, yagona transport tizimi xodimlari örtasida birdamlik, korporativ madaniyat va umumiy maqsad sari intiliş ruhini şakllantiradi.
Transport vazirligi musobaqada faol iştirok etgan barça jamoalarga minnatdorlik bildiradi, ğolib va sovrindorlarni esa erişgan natijalari bilan samimiy muborakbod etadi!
Sport — soğlom hayot, jamoaviylik va ğalaba sari intiliş ramzidir!









