2026–2027-öquv yili uçun “Özaeronavigatsiya” stipendiyasi sohiblari aniqlandi
2026-10-30 12:00:00 / Yangiliklar
2026–2027-öquv yili uçun “Özaeronavigatsiya” stipendiyasi sohiblari saralab olindi. Tanlov natijalariga köra, uç nafar talaba mazkur stipendiyaga munosib deb topildi. Ularning ikki nafari “Havodagi harakatni boşqariş”, bir nafari esa “Parvozlarni radiotexnik ta’minlaş” yönalişida tahsil olmoqda.

Mazkur stipendiya aeronavigatsiya sohasi uçun istiqbolli va malakali kadrlar tayyorlaş, iqtidorli talabalarni rağbatlantiriş, şuningdek, ularning nazariy bilimlari va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.
“ Özaeronavigatsiya” stipendiyasi yoş mutaxassislarning sohaga bölgan qiziqişini yanada oşiriş, ularning kasbiy salohiyatini röyobga çiqariş hamda kelgusida tarmoq rivojiga munosib hissa qöşişlari uçun muhim rağbat hisoblanadi.


