Namangan viloyatida transport sohasida korrupsiyaning oldini oliş masalalari muhokama qilindi
2026-10-29 15:30:00 / Yangiliklar

Unda Namangan viloyati transport boşqarmasi, Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Namangan viloyati hududiy bölimi hamda Namangan viloyati transport boşqarmasi huzuridagi “Yölovçi taşişni monitoring va nazorat qiliş” davlat muassasasi xodimlari iştirok etdi.
Tadbir davomida transport sohasida korrupsiyaviy holatlarning oldini oliş, davlat xizmatçilarining mas’uliyatini oşiriş, fuqarolar va tadbirkorlar bilan munosabatlarda oçiqlik hamda şaffoflikni ta’minlaş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF–270-son Farmonida belgilangan vazifalar, korrupsiyaga qarşi içki nazorat tizimini takomillaştiriş, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlaş va bartaraf etiş, manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş hamda xodimlarning odob-axloq qoidalariga rioya etişi yuzasidan tuşuntirişlar berildi.
Yiğilişda xizmat vazifalarini halol va xolis bajariş, xizmat mavqeidan şaxsiy manfaatlar yölida foydalanmaslik, şuningdek, manfaatlar töqnaşuvi yuzaga kelgan hollarda belgilangan tartibda xabar beriş zarurligi alohida ta’kidlandi.
Bunday tadbirlar transport sohasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, fuqarolar va tadbirkorlar murojaatlarini örganiş hamda ularning muammolarini hal etişga kömaklaşiş, şuningdek, faoliyatda qonuniylik, oçiqlik va şaffoflik tamoyillarini mustahkamlaşga xizmat qiladi.



