Yangiyöl – Toşkent yönalişida 300-sonli avtobus qatnovi tiklandi
2026-11-02 14:00:00 / Yangiliklar
Şunday işlarning amaliy ifodasi sifatida Yangiyöl şahri va Toşkent şahri örtasida 300-sonli avtobus qatnovining qayta tiklanganini keltiriş mumkin. VH-300-sonli “Yangiyöl AŞB – Toşkent (Janubiy vokzal AŞB)” avtobus yönalişi 1963-yilda taşkil etilgan bölib, 2026-yil iyun oyiga qadar uşbu yönalişda muntazam avtobus qatnovlari amalga oşirib kelingan.
Sönggi yillarda mamlakatimizda jamoat transporti tizimini tubdan isloh qiliş, yölovçilarga körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşiriş va taşiş jarayonlarini zamonaviy talablar asosida taşkil etiş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirildi.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ–59-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Yangiyöl şahrini Toşkent şahri bilan boğlovçi qator yangi avtobus yönalişlari taşkil etildi.
Jumladan, 181-sonli “Olmazor metrosi – Yangiyöl dehqon bozori”, 194-sonli “Niyozboşi mahallasi – Janubiy vokzal” hamda 1-sonli “Yangiyöl yurak-asab kasalliklari sihatgohi – Şodlik mahallasi” yönalişlarida brutto-şartnoma tizimi asosida zamonaviy avtobuslar harakati yölga qöyildi.
Mazkur özgarişlar hudud aholisi uçun jamoat transporti imkoniyatlarini kengaytiriş va taşiş xizmatlarini yanada samarali taşkil etişga xizmat qildi. Şu bilan birga, yangi yönalişlarning taşkil etilişi ayrim yölovçilarning avvaldan foydalanib kelgan transport qatnoviga bölgan ehtiyojini töliq bartaraf etmadi. Xususan, 300-sonli yönalişda avtobus qatnovlari töxtatilganidan söng, mahalliy aholi va jamoatçilik faollaridan uşbu yönalişni qayta tiklaş yuzasidan köplab murojaatlar kelib tuşdi.
Fuqarolar murojaatlarida mazkur yönalişning kundalik qatnovlar uçun ahamiyati, Yangiyöl va Toşkent şaharlari örtasidagi bevosita transport aloqasiga bölgan ehtiyoj alohida ta’kidlandi. Kelib tuşgan murojaatlar asosida yönaliş faoliyati qayta örganilib, avvalgi VH-300-sonli “Yangiyöl AŞB – Toşkent (Janubiy vokzal AŞB)” yönalişi VŞ-1180-sonli “Yangiyöl AŞB (Toşkent viloyati) – Janubiy vokzal AŞB (Toşkent şahri)” viloyatlararo-şaharlararo avtobus yönalişi sifatida qayta rasmiylaştirildi.
Şundan söng mazkur yönaliş belgilangan tartibda oçiq elektron tender tanloviga joylaştirildi. Tender natijalariga köra, “DELFIN AVTO” MÇJ bilan 2822-sonli şartnoma tuzilib, korxonaga yönalişda yölovçilarga xizmat körsatiş huquqi berildi. Bugungi kunda korxona tomonidan Yangiyöl avtoşohbekati va Toşkent Janubiy vokzali örtasida muntazam avtobus qatnovlari amalga oşirilmoqda.
Avtobuslar yönaliş davomida Poyabzal fabrikasi, Bosmaxona, Junariq mahallasi, Tört qiz, Tinçlik, Çamanzor, Tuyaböğiz, Quyoşli bozori hamda Çilonzor buyum bozori kabi oraliq bekatlar orqali harakatlanadi. Yönalişda yölkira haqi 5 000 söm etib belgilangan. Şuningdek, yölovçilarga qöşimça qulaylik yaratiş maqsadida elektron tölov tizimi ham joriy etilgan.
