NAMANGANDA SAYYOR QABUL ÖTKAZILDI
2026-10-28 12:00:00 / Yangiliklar

Ommaviy sayyor qabul davomida fuqarolar hamda viloyatda yölovçi va yuk taşiş faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari tinglandi.
Unda hududda transport xizmatlarini körsatiş jarayonida yuzaga kelayotgan muammoli masalalar, şuningdek, hudud aholisi vakillari tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atrofliça muhokama qilindi.
Jami 30 nafar jismoniy va yuridik şaxs iştirok etgan qabulda ayrim murojaatlarga joyida yeçim topildi. Qöşimça örganiş talab etuvçi masalalar böyiça mas’ullarga topşiriqlar berildi.
Xususan, Namangan şahrida noqonuniy yölovçi taşiş holatlariga barham beriş yuzasidan bildirilgan murojaat körib çiqilib, Transport nazorati inspeksiyasining viloyat hududiy bölimiga muntazam nazorat tadbirlarini ötkaziş belgilandi.
Fuqaro Muhammad Jalolovning Şerbuloq – Xonabod yönalişida avtomobil yölining ta’mirtalab qismini asfaltlaş hamda D-106 yölining 8-9 km oraliğida svetofor örnatiş bilan boğliq murojaati viloyat avtomobil yöllari boşqarmasi hamda Namangan şahar obodonlaştiriş boşqarmasi nazoratiga olindi.
Şuningdek, fuqaro Alijon Pattayevning Namangan şahrida harakatlanayotgan zamonaviy avtobuslar qatnovini Töraqörğon tumani markaziga qadar uzaytiriş hamda fuqaro Obid Toxirovning Uyçi tuman markazidan Namangan şahriga avtobus qatnovini taşkil etiş borasidagi murojaatlari viloyat transport boşqarmasi nazoratiga olindi.
Viloyatda yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar tomonidan qoşimça avtobuslar olib kelinişi bilan Namangan şahriga tutaş aglomeratsiya hududlarini ham brutto-şartnomasi asosida faoliyat yurituvçi yönalişlar bilan bosqiçma-bosqiç qamrab olinişi rejalaştirilganligi töğrisida batafsil ma’lumot berildi.
Qöşimça örganiş va tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikni talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas’ul mutasaddilarga aniq topşiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.









