Transport vaziri JBIC banki vakillari bilan uchrashdi
2026-10-07 20:40:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda transport sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Xiroki Sekine so‘nggi yillarda O‘zbekistondagi loyihalarda ishtirok etishga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada ortib borayotganligi, yaqin uch yil davomida bank tomonidan respublikadagi 14 ta, xususan, transport sohasidagi 2 ta loyihani moliyalashtirishda ishtirok etish rejalashtirilayotganligini ta’kidladi.
Uchrashuvda “O‘zaeronavigatsiya markazi” MCHJ ehtiyojlari uchun havo harakatini boshqarish tizimlarini yetkazib berish” hamda “Yangi Toshkent xalqaro aeroportini qurish” loyihalarining holati va ularni moliyalashtirish uchun JBIC mablag‘larini jalb qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar transport sohasida birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalarni jadallashtirish, shuningdek, istiqboldagi loyihalar doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga kelishdilar.


