«Road Show»davomida 200 dan ortiq mahalliy korxona vakillari bilan B2B formatidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi
2026-10-03 17:30:00 / Yangiliklar

200 dan ortiq mahalliy korxona vakillari ishtirok etayotgan «Road Show»da loyiha, uning texnik xususiyatlari, qurilish ishlarining hajmi, xarid qilinadigan mahsulot va xizmatlar turlari hamda pudrat ishlariga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha batafsil ma’lumot taqdim etilmoqda.
Tadbir davomida mahalliy korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari, texnik imkoniyatlari va tajribasini o‘rganish, ularning takliflarini eshitish, qiziqish bildirgan tashkilotlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash ko‘zda tutilgan.
Bu esa mahalliy korxonalarning yirik xalqaro loyihalarda ishtirok etishi, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishi, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishi va raqobatbardoshligini oshirishi uchun muhim imkoniyat hisoblanadi.









