Road Show — mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik xalqaro buyurtmachilar bilan bevosita bog‘lovchi maydonga aylandi
2026-10-03 16:55:00 / Yangiliklar

Xususan, qator yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali 2030-yilga qadar sohaga 9 milliard AQSH dollaridan ortiq investitsiya jalb qilish va transport xizmatlari hajmini ikki barobarga oshirish maqsad qilingan.
Road Show tadbirining ochilish marosimida so‘zga chiqqan transport vaziri I.Maxkamov ushbu yirik investitsiya loyihalarida mahalliy kontent ulushini oshirishga alohida e’tibor qaratilganligi, ularni amalga oshirishda mahalliy ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va subpudratchi tashkilotlarni keng jalb qilish ustuvor vazifalardan biri ekanligini ta’kidladi.
Vazir Yangi Toshkent xalqaro aeroportini qurish loyihasi strategik ahamiyatga ega ekanini qayd etib, uning amalga oshirilishi mamlakatning xalqaro transport va logistika salohiyatini yanada oshirish, mintaqaviy aviatsiya xabini shakllantirish hamda O‘zbekistonning jahon aviatsiya tizimidagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.
Bugungi «Road Show» tadbiri mahalliy tashkilotlar bilan yirik transport loyihasi doirasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun dastlabki qadam bo‘ladi», — dedi vazir.
Qayd etilganidek, loyihaning dastlabki bosqichida qurilish ishlariga qariyb 3 milliard AQSH dollari miqdorida mablag‘ jalb qilinishi rejalashtirilgan. Unda zamonaviy yo‘lovchi terminali, havodagi harakatni boshqarish minorasi, MRO va keytering majmualari, navigatsiya va meteorologiya tizimlari barpo etiladi.









