O‘zbekiston aviayuk tashish sur’atlari bo‘yicha Markaziy Osiyoning eng tez rivojlanayotgan bozorlaridan biriga aylandi
2026-09-30 17:25:00 / Yangiliklar

2019 – 2024-yillar davomida O‘zbekistonda aviayuk tashuvlari 182 % ga oshgan va mamlakat avia yuk tashish sur’atlari bo‘yicha Markaziy Osiyoning eng tez rivojlanayotgan bozorlaridan biriga aylandi. 2025-yilda mamlakat aeroportlarida 98 ming tonna yuk tashildi. 2026-yilning birinchi yarmida esa yuk tashish hajmi yana 33 % ga oshishiga erishildi.
O‘zbekistonning geografik joylashuvi, ochiq osmon siyosati va aviatsiya sohasidagi islohotlar mamlakatni mintaqaviy aviayuk tashuvlari markaziga aylantirish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Xususan, Navoi xalqaro aeroporti negizida yuk tashish xabini rivojlantirish, yangi yuk terminallarini tashkil etish va xalqaro aviakompaniyalarni jalb qilish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.
2036-yilgacha aviayuk tashish hajmini 300 ming tonnaga yetkazish, aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirish, logistika imkoniyatlarini kengaytirish hamda sohaga xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha aniq maqsadlar belgilangan. O‘zbekiston xalqaro aviayuk bozori ishtirokchilari uchun ochiq va yangi imkoniyatlarni taklif etmoqda, — dedi Jamoliddin Nazarov.
