1-oktabrdan – Toshkentda jamoat transporti tariflari o‘zgaradi
2026-09-28 11:00:00 / Yangiliklar
Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.
Shuningdek:
▪️ bir yo‘lovchining bagajini tashish – 4 000 so‘m;
▪️ 10 martalik safar paketi – 19 000 so‘m;
▪️ 20 martalik – 38 500 so‘m;
▪️ 30 martalik – 57 500 so‘m etib belgilandi.
Transport kartalari uchun tarif paketlari:
▪️ 1 kunlik: avtobus – 11 500 so‘m, avtobus + metro – 13 500 so‘m;
▪️ 5 kunlik: 42 500 so‘m / 57 500 so‘m;
▪️ 7 kunlik: 54 000 so‘m / 73 000 so‘m;
▪️ 10 kunlik: 84 500 so‘m / 115 500 so‘m;
▪️ 15 kunlik: 127 000 so‘m / 173 000 so‘m;
▪️ 20 kunlik: 169 500 so‘m / 231 000 so‘m;
▪️ 1 oylik: 250 000 so‘m / 345 000 so‘m;
▪️ 3 oylik: 682 500 so‘m / 945 000 so‘m;
▪️ 6 oylik: 1 170 000 so‘m / 1 620 000 so‘m;
▪️ 1-yillik: 1 950 000 so‘m / 2 700 000 so‘m.
Birinchi summa faqat avtobus, ikkinchisi avtobus va metro uchun.
Bir soat ichida avtobus almashtirilsa:
▪️ birinchi avtobus – 2 500 so‘m;
▪️ ikkinchi avtobus – 1 500 so‘m;
▪️ uchinchi va keyingi avtobuslar – bepul.
Safar avtobusdan boshlansa:
▪️ birinchi avtobus – 2 500 so‘m;
▪️ metro – 1 500 so‘m;
▪️ ikkinchi avtobus – 1 500 so‘m;
▪️ uchinchi va keyingi avtobuslar – bepul.
Safar metrodan boshlansa:
▪️ metro – 2 500 so‘m;
▪️ birinchi avtobus – 1 500 so‘m;
▪️ ikkinchi avtobus – 1 500 so‘m;
▪️ uchinchi va keyingi avtobuslar – bepul.
60 daqiqalik hisob birinchi transportda to‘lov amalga oshirilgan vaqtdan boshlanadi. Ushbu davrda metrodan faqat bir marta foydalanish mumkin. Metroga ikkinchi marta kirilganda 60 daqiqalik hisob yangidan boshlanadi.
O‘quvchilar, talabalar, nafaqaxo‘rlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga transport tarif paketlarini xarid qilishda 50 foiz chegirma beriladi.
Qonunchilikka muvofiq jamoat transportidan bepul foydalanish huquqiga ega shaxslar uchun amaldagi imtiyozlar saqlanib qoladi.
