“Qog‘ozsiz bir kun” — raqamli kelajak sari amaliy qadam
2026-09-11 10:00:00 / Yangiliklar
Transport vazirligi xodimlari “Qog‘ozsiz 1 kun” aksiyasida faol ishtirok etib, ish jarayonlarida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish va qog‘oz hujjatlar hajmini qisqartirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Mazkur aksiya davlat boshqaruvini raqamlashtirish, ortiqcha qog‘ozbozlikni kamaytirish, hujjatlar almashinuvini tezlashtirish hamda ish jarayonlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
