Transport vaziri ICAO mintaqaviy ofisi direktori bilan uchrashdi
2026-09-09 18:00:00 / Yangiliklar
9-sentabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan CANSO Eurasia ANSP’s Summit doirasida Transport vaziri Ilhom Maxkamov Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (ICAO) Yevropa va Shimoliy Atlantika (EUR/NAT) mintaqaviy ofisi direktori Nikolas Rallo bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va ICAO o‘rtasida fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish sohasidagi hamkorlikning bugungi holati, amalga oshirilayotgan loyihalar natijalari hamda istiqboldagi qo‘shma tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, global aviatsiya tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, jumladan, aviatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, parvozlar xavfsizligi darajasini oshirish hamda sohani xalqaro standartlar asosida rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar aviatsiya sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va amaliy loyihalarni izchil davom ettirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladilar.
