Mustaqillikning 35 yilligi: fidoyi mehnat munosib e’tirof etildi
2026-08-28 12:00:00 / Yangiliklar

Tadbir avvalida transport vaziri Ilhom Maxkamov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni qutlug‘ sana bilan muborakbod etdi, mamlakatimiz transport tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan soha vakillarining mehnatini alohida e’tirof etdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, mustaqillik yillarida mamlakatimiz transport tizimida erishilgan ulkan yutuqlar, bugungi yangilanish va taraqqiyot jarayonlarida soha fidoyilarining o‘rni beqiyos.
Tadbir davomida Transport vazirligi uning tizim va sohaviy tashkilotlarida mehnat qilayotgan 51 nafar xodimga transport vaziri Ilhom Maxkamov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonining topshirilishi soha vakillarining ko‘p yillik fidokorona mehnatiga berilgan munosib baho, ularning mamlakatimiz transport tizimi rivojiga qo‘shayotgan hissasiga bo‘lgan yuksak e’tirofning ifodasi bo‘ldi.
Bunday e’tirof va rag‘bat xodimlar mehnatini munosib qadrlash, ularni yangi tashabbuslar va yuksak marralar sari ruhlantirishda muhim ahamiyatga ega.








