Yangi Konstitutsiyaviy qonun bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi
2026-08-27 10:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tizim tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda vazirlik Yuridik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Jamshid Murtazayev hamda bosh yuriskonsulti Bahodir Qurbonboyev tomonidan mazkur Konstitutsiyaviy qonunning asosiy mazmuni, unda belgilangan vazifalar, Prezident Administratsiyasining davlat boshqaruvidagi o‘rni va vakolatlari haqida batafsil ma’lumot va tushunchalar berildi.
Shuningdek, qonun normalarini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash, yangi tartib va qoidalarni davlat organlari faoliyatiga samarali tatbiq etish, boshqaruv jarayonlarida qonuniylik va samaradorlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, mazkur Konstitutsiyaviy qonun davlat boshqaruvida mas’uliyat, muvofiqlashtirish, nazorat, tahliliy yondashuv va natijadorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.





