O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida transport-logistika hamkorligini rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi
2026-08-12 13:50:00 / Yangiliklar

Tashrif doirasida Qozog‘iston Respublikasining transchegaraviy transport-logistika infratuzilmasi faoliyati bilan yaqindan tanishilib, temir yo‘l va multimodal yuk tashish jarayonlarini tashkil etish tajribasi o‘rganildi hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi transport-logistika hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Xususan, tashrif davomida delegatsiya a’zolari Qozog‘iston–Xitoy chegarasida joylashgan Oltenko‘l temir yo‘l stansiyasi, «Kedentransservis» AJ terminali, «KTZE-Khorgos Gateway» quruq porti, «Xorgos – Sharqiy darvoza» maxsus iqtisodiy zonasi, «Xorgos» xalqaro chegaraoldi hamkorlik markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida Xitoy – Qozog‘iston – Markaziy Osiyo yo‘nalishida yuk oqimlarining uzluksizligini ta’minlash, konteyner tashuvlarini kengaytirish, multimodal transport koridorlarini rivojlantirish va logistika yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, “Kedentransservis” AJning Oltinko‘l stansiyasidagi terminalida Qozog‘iston tomoni bilan qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.



