Temir yo‘l sohasida ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi
2026-08-11 17:05:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda temir yo‘l transporti sohasida zarur ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, shuningdek, mamlakatimizda qabul qilingan normativ-huquqiy va texnik hujjatlarda belgilangan talablar hamda standartlarni o‘rganish jarayoniga Koreyaning malakali mutaxassislarini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar mazkur yo‘nalishda hamkorlikni yanada rivojlantirish, loyihani amalga oshirish jarayonini jadallashtirish va bu borada aniq chora-tadbirlarni belgilash bo‘yicha kelishib oldilar.
Uchrashuv temir yo‘l sohasida mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish va O‘zbekiston–Koreya transport sohasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun: Sampyo Railway Co. —temir yo‘l infratuzilmasi uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar, temir-beton shpallar, rels va strelkali o‘tkazgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi.


