Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2026-yil birinchi yarim yillik yakunlari muhokama qilindi
2026-08-10 19:15:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda Transport vazirligi markaziy apparati departament, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, hududiy transport boshqarmalari hamda vazirlik tizim tashkilotlarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Jumladan, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, Transport nazorati inspeksiyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ, “Toshshahartransxizmat” AJ, “Toshkent metropoliteni” AJ, “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK va boshqa tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirgan ishlari yuzasidan ma’ruzalari eshitildi.
Muhokamalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xodimlarning huquqiy bilimini oshirish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda sohada inson omilini qisqartirishga qaratilgan raqamli yechimlarni keng joriy etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida 2026-yilning ikkinchi yarim yilligi uchun ustuvor vazifalar, rejalar va takliflar ishlab chiqildi. Xususan, korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarni o‘rganish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish va komplayens nazorati samaradorligini oshirish belgilandi.
Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, sohada halollik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.



