“Qog‘ozsiz bir kun” — raqamli kelajak sari amaliy qadam
2026-08-07 17:35:00 / Yangiliklar
Transport vazirligi xodimlari “Qog‘ozsiz 1 kun” aksiyasida muntazam ishtirok etib, ish jarayonlarida zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish va qog‘oz hujjatlar hajmini kamaytirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Mazkur aksiya davlat boshqaruvida raqamlashtirish, ortiqcha qog‘ozbozlikni qisqartirish, hujjatlar almashinuvini tezlashtirish va mehnat samaradorligini oshirish kabi muhim vazifalarni amaliyotga tatbiq etishga xizmat qiladi.
