Navoiy viloyatida jamoat transporti avtobus haydovchilari uchun malaka oshirish o‘quv kurslari boshlandi
2026-08-04 17:10:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 4 – 18-avgust kunlari Navoiy shahrida "Navshahtransxizmat" MCHJ, "Axmedov grand group" MCHJ hamda "Navoiy transport ekspeditorlik" MCHJ korxonalarida faoliyat yuritayotgan 30 nafar avtobus haydovchisi "Jamoat transporti avtobuslarda yo‘lovchilarga tashish xizmatlarini ko‘rsatish" yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kurslarida ishtirok etadi.
O‘quv mashg‘ulotlari Germaniya Federativ Respublikasining "DB" mutaxassislari tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan hamda Yevropa tajribasi va milliy ta’lim dasturlari uyg‘unlashtirilgan o‘quv dasturi bo‘yicha mahalliy trener-haydovchilar tomonidan olib boriladi.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarning:
- avtobuslarni xavfsiz boshqarish;
- yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish madaniyati;
- brutto-shartnoma tizimida ishlash tamoyillari;
- yoqilg‘i va elektr energiyasidan samarali foydalanish;
- texnik foydalanish qoidalari;
- yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lganda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlarda avtobuslarni turli yo‘l sharoitlarida xavfsiz boshqarish, bekatlarda to‘g‘ri va xavfsiz to‘xtash, yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish tartiblari hamda maxsus infratuzilmalardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlanadi.
Mazkur malaka oshirish kurslari jamoat transportida xizmat ko‘rsatish sifati va madaniyatini yangi bosqichga olib chiqish, haydovchilarning kasbiy mahoratini oshirish hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.


