Bayram muborak, aziz temiryo‘lchilar!
2026-08-02 09:00:00 / Yangiliklar
Bu muvaffaqiyatlar avvalo davlatimiz rahbarining temir yo‘l sohasini rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va soha xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yuksak e’tibori samarasidir.
Tan olib aytish kerak, jadal rivojlanish yo‘lini bosib o‘tayotgan, nafaqat yurtimizning barcha mintaqalarini ishonchli bog‘lovchi, o‘ziga xos ko‘prik bo‘lgan temir yo‘l tizimi mustaqil, yagona va yaxlit tizim sifatida bugun mamlakatimiz iqtisodiyotini olg‘a yetaklovchi lokomotivga aylandi.
Aynan ushbu taraqqiyot yo‘lida esa har bir temir yo‘l transporti ishchi xodimlari, soha mutaxassislarining hissasi beqiyosdir. Bugun “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining ko‘p millatli 80 mingga yaqin jamoasi xalqimiz hamda xorijiy mehmonlarning xizmatini qilib, ishonchni oqlab kelmoqda.
Maqsad, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlash”dan iborat.
Tizimdagi malakali, o‘z kasbiga fidoyi va ilg‘or temiryo‘lchilar jamoasining zahmatli mehnatisiz shahar va viloyatlarimiz taraqqiyotini, qolaversa, xalqimiz turmush darajasi yuksalishini tasavvur etib bo‘lmaydi.
Shu munosabat bilan, Transport vazirligi jamoasi nomidan temir yo‘llari tizimida mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilar, quruvchi va muhandislar, mashinist va vagon kuzatuvchilari, soha faxriylarini, bir so‘z bilan aytganda, samarali mehnati bilan yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha temiryo‘lchilarimizni bayram bilan chin dildan tabriklayman.
Fidoyi temiryo‘lchilar!
Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bugun sohani yanada rivojlantirish, mamlakatimizning xalqaro transport va tranzit salohiyatini yuksaltirish borasida oldimizda yanada katta marralar turibdi.
Barchangizga ona Vatanimiz taraqqiyoti, Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini, xalqimiz hayot sifatini oshirish yo‘lidagi sermahsul mehnatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Soha rivoji, insonlarning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilish kabi zahmatli mehnat faoliyatingizda kuch-quvvat, omad va zafarlar yor bo‘lsin!
Ilhom Maxkamov,
O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri
