Afg‘oniston bilan transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2026-07-27 16:15:00 / Yangiliklar

Muzokaralar davomida ikki davlat o‘rtasida avtomobil tashuvlarini rivojlantirish, milliy tashuvchilar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda Afg‘oniston hududida O‘zbekiston tashuvchilaridan undiriladigan yig‘imlarni maqbullashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tomonlar yig‘imlar miqdorini qisqartirish va ularni o‘zaro tenglik tamoyili asosida belgilash yuzasidan idoralararo Ishchi guruhining navbatdagi uchrashuvini 2026-yil 10-avgustga qadar o‘tkazishga kelishib oldilar.
Shuningdek, milliy xalqaro tashuvchilar faoliyatida uchrayotgan mavjud masalalarni tezkor hal etish maqsadida Afg‘onistonning tegishli mutasaddi idoralari vakillari ishtirokida yaqin muddatlarda alohida uchrashuv tashkil etish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.
Mazkur muloqot O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida transport va tranzit sohasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish hamda ikki mamlakat tadbirkorlari uchun yanada qulay logistika sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.



