Transport sohasida ilk marotaba "NATIONAL TRANSPORT HACKATHON" o‘tkaziladi
2026-07-20 17:50:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi IT-sohasi vakillarini mamlakat transport tizimi uchun quyidagi uchta yo‘nalishda amaliy raqamli yechimlar yaratishga taklif etadi:
🔹Aholi mobilligini oshirish uchun maxsus servis va ilovalar (avia, temir yo‘l, avtotransport) sohalarida;
🔹Transport vazirligi axborot tizimlariga sun’iy intellekt joriy etish;
🔹Katta transport ma’lumotlarini tahlil qilish.
Jamoangizni to‘plang va ro‘yxatdan o‘ting:
🔗 hackathon.mintrans.uz
📅 2026 yil 6 – 8 avgust
⏱️ 72 soatlik oflayn format.
Rasmiy hamkor — Yandex Uzbekistan.
Texnik hamkorlar — Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park Uzbekistan, AI Alliance Uzbekistan.
Mazkur hakaton mamlakat transport tizimida raqamli yechimlar va sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ladi.
