Kitob – ma’rifat mash’ali
2026-07-13 17:30:00 / Yangiliklar

Kitob – fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai hamdir. Uni varaqlar ekanmiz, xulosa chiqarishga o‘rganamiz, dunyoqarashimiz boyib boradi, dunyo ilmlarini kashf etamiz.
Bugungi kunda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, mutolaa madaniyati va kitobga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Zero muhtaram prezidentimiz ta’kidlaganidek, kitobxonlik faqat ta’lim masalasi emas, balki millat kelajagi, xalqimizning ma’naviy qudrati va mamlakat raqobatbardoshligini ta’minlaydigan muhim omildir.
Transport vazirligi xodimlari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Xususan, vazirlik xodimlari o‘rtasida har oyda muntazam ravishda “kitob o‘qish soati” o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur tadbir xodimlarimizning tafakkurini boyitish bilan birga ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.






