Islom sivilizatsiyasi markazi - uchinchi renessansning mustahkam poydevori
2026-07-09 21:00:00 / Yangiliklar

Mazkur sayohat yoshlar uchun nafaqat qiziqarli ekskursiya, balki tarix, ilm-fan va madaniyat olamiga qilingan o‘ziga xos ma’rifiy safarga aylandi.
Tashrif davomida yoshlar markazda yaratilayotgan keng ko‘lamli ekspozitsiyalar, noyob qo‘lyozmalar, tarixiy manbalar va zamonaviy interaktiv texnologiyalar bilan tanishdi. Ularga Islom sivilizatsiyasining jahon ilm-fani, madaniyati va taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi uch ming yillik shonli tarix va boy madaniyatning, Yangi O‘zbekiston imkoniyatlarining yorqin ko‘zgusidir.
Shu bilan birga, Islom sivilizatsiyasi yoshlarni ezgulik, mehr-oqibat, ilmga intilish va bag‘rikenglik kabi insoniy fazilatlar asosida tarbiyalashga xizmat qiladi. Chunki, haqiqiy ma’rifat insonni yuksaltiradi, uni jamiyatga foydali shaxs bo‘lib kamol topishiga yordam beradi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy sayohatlar yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini kuchaytirish hamda ularning intellektual va ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.









