Fransiya ishbilarmonlar delegatsiyasi bilan uchrashuv
2026-07-09 14:55:00 / Yangiliklar

Alstom, Artelia, Freyssinet, IKA Technology va SNEF kabi yetakchi kompaniyalar vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda transport, logistika hamda transport infratuzilmasini rivojlanish yo‘nalishida O‘zbekiston – Fransiya hamkorligini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Xususan, yirik temiryo‘l va avtomobil yo‘llari qurilishi loyihalarini amalga oshirish, xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish, transport sohasini raqamlashtirish, aeroportlar infratuzilmasini modernizatsiya qilish, logistika markazlarini qurish hamda ekologik toza transport texnologiyalarini joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Fransiya tomoni istiqbolli infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etishdan manfaatdorligini bildirib, ilg‘or texnologiyalar, muhandislik yechimlari va xalqaro tajriba bilan bo‘lishishga tayyor ekanini qayd etdi.
Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar va istiqbolli loyihalarni puxta ishlab chiqish bo‘yicha amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.






