“Qog‘ozsiz bir kun” aksiyasi tabiatga g‘amxo‘rlik qilishda muhim qadam
2026-06-05 16:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-martdagi 109-son qarori hamda uning 2-ilovasi 8-bandida belgilangan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida transport vazirining tegishli buyrug‘iga asosan har oy birinchi haftasining juma kuni vazirlik markaziy apparati, hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarida “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazilishi belgilangan.
Ushbu tadbir qog‘oz iste’molini kamaytirish, daraxtlarni asrab-avaylash va ekologik mas’uliyatni oshirishga qaratilgan muhim tashabbusdir. “Qog‘ozsiz bir kun” aksiyasi doirasida qog‘ozni tejash va undan oqilona foydalanishni targ‘ib qilish, daraxtlarni himoya qilish va ularni kesishning oldini olish maqsad qilingan.
Qog‘oz ishlab chiqarishda foydalaniladigan daraxtlar sonini kamaytirish hamda boshqa sun’iy materiallardan foydalanishni ko‘paytirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Vazirlik xodimlari “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyada faol ishtirok etib, har bir hujjatning elektron shaklini afzal ko‘rishga, ish jarayonida qog‘oz isrofini kamaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
