Transport vazirligi "Eco Expo Central Asia 2026" xalqaro ko‘rgazmasida “yashil transport” loyihalarini taqdimot qilmoqda
2026-06-04 16:00:00 / Yangiliklar
Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Global ekologik jamg‘armaning (GEF) sakkizinchi Assambleyasi hamda uning doirasida tashkil etilgan “Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ko‘rgazmasida Transport vazirligi “Yashil transport” loyihalarini BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda taqdimot qilmoqda.

Pavilyonning transport sohasiga aloqador qismida ilg‘or ekologik texnologiyalarni joriy etish, elektromobillik sohasida tajriba almashish va shaharlarda barqaror transport tizimlarini yaratish mavzulari yoritilmoqda.
Shuningdek, bugungi kunda Transport vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Toshkent – kam uglerodli transportga investitsiyalarni jalb etishni jadallashtirish” grant loyihasi Global ekologik jamg‘armaning (GEF) Mustaqil baholash ofisi tomonidan yuqori baholanib, eng yaxshi loyiha amaliyoti sifatida e’tirof etildi.





