Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda
2026-08-15 / Voqealar taqvimi
Biznes hamjamiyati bilan ochiq muloqotni rivojlantirish hamda tadbirkorlarning murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish maqsadida Transport vazirligi markaziy apparati rahbariyati, hududiy bo‘linmalar,tizim va sohaviy tashkilotlar rahbarlari tomonidan 2026-yil 15-maydan 15-avgustga qadar tadbirkorlik subyektlari bilan muntazam ochiq muloqotlar o‘tkazish amaliyoti joriy etildi.
Bunda, har ish kuni soat 10:00 dan 13:00 ga qadar barcha darajadagi rahbarlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari murojaatlari bo‘yicha qabullar o‘tkazilmoqda.
Uchrashuvlar davomida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni tezkor ko‘rib chiqish, ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish hamda vakolat doirasida hal etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
