Toshkent davlat transport universiteti “Women in Transport” xalqaro tarmog‘iga qabul qilindi
2026-05-20 15:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, transport kompaniyalari hamda yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etib, inklyuziv transportni rivojlantirish, transport sohasida xotin-qizlar ishtirokini kengaytirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va yangi avlod kadrlarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Unda Toshkent davlat transport universiteti vakili, professor Matluba Hojimuhammedova universitetning xalqaro hamkorlik, transport sohasida xotin-qizlar rolini oshirish va transport ta’limini rivojlantirish borasidagi tajribasi haqidagi taqdimot bilan ishtirok etdi.
Tadbirning eng muhim jihatlaridan biri Toshkent davlat transport universiteti “Women in Transport Network” xalqaro tarmog‘iga qabul qilingan yagona oliy ta’lim muassasasi bo‘ldi.
OTB vakillari ushbu natijani universitetda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar, xalqaro ochiqlik va zamonaviy transport ta’limini rivojlantirish borasidagi ishlarning amaliy natijasi sifatida e’tirof etdilar.
Ma’lumot o‘rnida, Women in Transport (WiT) Network – transport sohasida xotin-qizlar ishtirokini kengaytirish, ularning liderlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda inklyuziv transport tizimini rivojlantirishga qaratilgan xalqaro tarmoq hisoblanadi. Loyiha Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Yevropa investitsiya banki, OECD Xalqaro transport forumi hamda GIZ ko‘magida tashkil etilgan



