Transport sohasida gender tenglikni mustahkamlash borasidagi O‘zbekiston tajribasi xalqaro miqyosda e’tirof etildi
2026-05-20 12:10:00 / Yangiliklar

Bank ma’lumotlariga ko‘ra ayollar butun dunyo bo‘ylab transport sohasidagi ishchi kuchining atigi 12 foizini tashkil etadi, ularning ushbu sohadagi ishtirokini oshirish yanada ekologik toza, xavfsiz va samarali transport tizimlarini yaratishning asosiy omilidir.
"Transportda ayollar" (Women in Transport, WiT) tarmog‘i barcha sohalarda, ayniqsa o‘rta va yuqori darajadagi texnik va rahbarlik lavozimlarida ayollar uchun imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida hamkorlar va amaliyotchi mutaxassislarni birlashtiradi.
Ushbu tarmoq bilim almashish, treninglar, murabbiylik va yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish orqali ta’lim olish, hamkorlik qilish va karera o‘sishi uchun platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining mamlakat transport sohasida gender tenglik tamoyillarini integratsiya qilish, transport sohasida xotin-qizlar ishtirokini rivojlanish borasidagi islohot va tajribasi muvaffaqiyatli misollar qatorida e’tirof etildi.
Xalqaro ekspertlar tomonidan transport tizimida xavfsizlik, qulaylik hamda inklyuziv va genderga sezgir muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan amaliy choralar alohida e’tibor bilan qayd etildi.
Bugungi kunda O‘zbekiston transport sohasida ayollar va barcha yo‘lovchilar uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish, ayollarning transport tizimidagi ishtirokini kengaytirish hamda inson manfaatlariga yo‘naltirilgan zamonaviy shahar infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mutaxassislar tomonidan ijobiy baholanayotgani ayniqsa quvonarli.Bunday xalqaro maydonlar tajriba almashish va barqaror hamda inklyuziv transport rivojlanishi bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbirda tarmoqning ustuvor yo‘nalishlari yoritilib, transport sohasidagi texnik va rahbarlik lavozimlarida xotin-qizlarning ishtirokini kengaytirish bo‘yicha amaliy tajribalar taqdim etildi.





