17-avgustdan Etihad Airways O‘zbekistonga muntazam parvozlarni boshlaydi
2026-04-20 16:00:00 / Yangiliklar

Aviakompaniya bosh ofisida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) o‘rtasidagi aviaqatnovlarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishdi.
Xususan, uchrashuvda "Etihad Airways" aviakompaniyasining O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish hamda bosqichma-bosqich yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra, joriy yil 17-avgustidan e’tiboran "Etihad Airways" tomonidan Toshkent – Abu Dabi – Toshkent yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston hamda BAA poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarning tiklanishi O‘zbekistonlik yo‘lovchilarning "Etihad Airways"ning keng ko‘lamli yo‘nalishlar tarmog‘idan foydalanish, Abu-Dabi orqali qulay ulanishlar bilan Yevropa, Osiyo, Avstraliya, Afrika va Shimoliy Amerikadagi 70 dan ortiq xalqaro yo‘nalishlarga uchish imkonini beradi.
Shuningdek, O‘zbekiston aviatsiya bozorining raqobatbardoshligini oshirish va premium toifadagi global tashuvchining mavjudligi tufayli yo‘lovchilar uchun tanlov imkoniyatlari kengayadi.
Muzokaralar davomida tomonlar "Etihad Airways" va "Uzbekistan Airways" o‘rtasida allaqachon interlayn tashuvlar va kod-shering bo‘yicha kelishuvlar tuzish yuzasidan muzokaralar jarayoni boshlaganini ham tasdiqladilar.
Hamkorlikning ushbu yo‘nalishi o‘zaro o‘sishning strategik muhim elementi sifatida ikki tashuvchining yo‘nalish tarmoqlarini integratsiyalash orqali yo‘lovchilarga yagona chiptalar bilan tutash yo‘nalishlarni bron qilish imkonini beradi.
Bu esa o‘z navbatida O‘zbekistondan mavjud yo‘nalishlar geografiyasini sezilarli darajada kengaytirib, Toshkentning mintaqaviy aviatsiya markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

