SAYYOR QABUL
2026-03-27 16:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov rahbarligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida fuqarolar ishtirokida sayyor qabul hamda avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri v.v.b Baxt Seytmuratov, Transport nazorati inspeksiyasi hududiy bo‘limi boshlig‘i Mardon Aniyozov ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirayotgan va faoliyati davomida duch kelayotgan masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat etishdi.
Mutasaddi rahbarlar tomonidan har bir murojaat yuzasidan batafsil javoblar berilib, muammolarni joyida hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Shuningdek, tadbirda transport sohasini yanada rivojlantirish, hududlararo aloqalarni mustahkamlash, yo‘lovchi tashish xizmatlarini samarali tashkil etish hamda yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.





