Surxondaryo viloyati transport boshqarmasida Litvaning "Ollex" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-03-11 16:00:00 / Yangiliklar

Xususan, viloyatda jamoat transporti xizmatini yanada yaxshilash maqsadida 125 ta zamonaviy avtobus olib kelib, mavjud yo‘nalishlarga chiqarish bo‘yicha muhim topshiriq berildi.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati Transport boshqarmasi tomonidan Litva davlati investorlari bilan muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar jarayonida viloyatga olib kelinishi rejalashtirilgan avtobuslarni shahar hamda shahar atrofi yo‘nalishlarida yo‘lga qo‘yish, aholiga qulay va sifatli transport xizmatini ko‘rsatish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, ushbu avtobuslar to‘liq brutto shartnomasi asosida faoliyat yuritishi ta’kidlandi. Bu esa jamoat transporti qatnovlarini samarali tashkil etish, xizmat sifati va qatnovlar barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Hozirgi kunda viloyatga zamonaviy avtobuslarni olib kelish hamda ularni yo‘nalishlarga chiqarish bo‘yicha zarur tashkiliy ishlar izchil amalga oshirilmoqda.

