Transport vaziri Turkiya Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi raisi bilan uchrashdi
2026-02-10 15:00:00 / Yangiliklar

Delegatsiya avtomobil yo‘llari, ko‘prik, tonnel va yo‘l o‘tkazgichlar qurilishidan tortib saqlashgacha bo‘lgan jarayonlarga mas’ul mutaxassislardan iborat bo‘lib, ular tomonidan mamlakatimizda yo‘l xo‘jaligi sohasidagi mavjud holat, muammo va kamchiliklar atroflicha o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jarayon transport vaziri Ilhom Maxkamov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasining 2025-yil dekabr oyida Turkiyaga amalga oshirgan xizmat safarida davomida erishilgan kelishuvlar doirasida amalga oshirilmoqda. Asosiy maqsad Turkiyaning yo‘l xo‘jaligi sohasida to‘plagan boy tajribasi asosida mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirishdan iboratdir.
Bugun transport vaziri Ilhom Maxkamov Turkiya Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi (Karayolları Genel Müdürlüğü – KGM) raisi Ahmet Gyulshen bilan uchrashdi. Vazir turk hamkorlarga tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan holda birgalikda ishlashga, mamlakatimiz avtomobil yo‘llarining holatini tahlil qilib berish taklifiga rozi bo‘lganliklari uchun alohida minnatdorlik bildirdi.


