Inspeksiya xodimlariga maxsus avtotransport vositalari topshirildi
2026-02-07 16:00:00 / Yangiliklar

Ayni shu maqsadda inspeksiya hududiy bo‘limlari zamonaviy o‘lchov va axborot uzatish texnologiyalari bilan jihozlangan maxsus avtomashinalar bilan ta’minlanmoqda.
Xususan, bugun “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli 2-avtobus saroyida tashkil etilgan tadbirda Transport nazorati inspeksiyaning 14 ta hududiy bolim xodimlariga maxsus jihozlangan avtotransport vositalari kalitlari tantanali tarzda topshirildi.
Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari maxsus avtotransport vositalari yordamida yuk avtomobillarining vazn va hajm parametrlariga rioya etilishi ustidan samarali nazorat olib borish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Maxsus avtotransport vositalari kuzatuv kameralari, WiFi tizimi, ko‘chma tarozilarning har qanday ob-havo sharoitida istalgan hududda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun maxsus generator, qoida buzar avtotransport vositalarini ushlab turish boshmoqlari bilan ta’minlangan.







