Buxoro shahri jamoat transportida naqd pulsiz to‘lov tizimi joriy etiladi
2026-01-26 12:00:00 / Yangiliklar
Buxoro shahrida jamoat transporti xizmatlarini zamonaviylashtirish va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida elektron to‘lov tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Unga ko‘ra yo‘l kira haqi:
Avtobuslarda yo‘l kira – 3 000 so‘m;
Elektron to‘lov orqali – 2 000 so‘m;
Tizim joriy etish bosqichlari:
▪️1-bosqich
2026-yil 1-fevraldan 2-sonli “Buxoro ASHB – Sitora bozor”;
5-sonli “F.Xo‘jayev MFY – To‘qimachi bosh bekati”;
10-sonli “Alpomish ko‘chasi – Shayxon MFY”;
17 B-sonli “Chorbakr bosh bekati – Aeroport”;
19-sonli “Karvon bozori – Karvon shopping”;
33-sonli “Trikotaj fabrikasi – Mohi Xosa sanatoriysi”;
1-sonli “Buxoro ASHB – Zarmanoq” avtobus yo‘nalishlarida.
▪️2-bosqich
2026-yil 1-apreldan qolgan harakatdagi mavjud yo‘nalishlarda to‘lovlarni faqat elektron tarzda qabul qilinishi yo‘lga qo‘yiladi.
