Vazirlikda ishlash

O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligida
mavjud bo‘lgan vakant lavozimlar bo‘yicha Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining platformasi orqali ochiq tanlovga e’longa chiqarilgan lavozimlar
RO‘YXATI
Ochiq tanlovda e’londa bo‘lgan lavozimlar:
1. Investitsiya va metodologiya bo‘limi – Bo‘lim boshlig‘i (Ichki tanlov)
Muddati: (21.11.2025-23.11.2025)
Ariza yuborish uchun – https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/71538
2. Hududlarda tashriflarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘limi – Bo‘lim boshlig‘i
(Ichki tanlov)
Muddati: (21.11.2025-23.11.2025)
Ariza yuborish uchun – https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/71537
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov o‘tkazish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 124-moddasiga asosan ishga qabul qilish chog‘ida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- pasportni yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatni yoxud identifikatsiyalovchi ID-kartani, o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslar esa tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani;
- oxirgi ish joyi bo‘yicha tasdiqlangan qog‘oz shaklidagi mehnat daftarchasini yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani, bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno. O‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasining o‘rniga asosiy ish joyidan olingan belgilangan namunadagi ma’lumotnomani taqdim etadi;
- harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun tegishincha harbiy guvohnomani yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;
- oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tashkilotini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplomni, qaysi ishni bajarish uchun faqat maxsus ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaxslar qo‘yilishi mumkin bo‘lsa, o‘sha ishga kirish chog‘ida ushbu ishni bajarish huquqiga doir guvohnomani (sertifikatni) yoxud boshqa tegishli hujjatni;
- soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini;
- jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (mavjud bo‘lganda);
- jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasini, bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno.
Ishga qabul qilish chog‘ida ishga kirayotgan shaxsdan ushbu Kodeksda, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida hisobot davrida ishga qabul qilingan (rotatsiya qilingan) rahbar kadrlar toʻgʻrisidagi MAʼLUMOT
