Xalqaro brendlarni import qiluvchilar reestri

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi "Aholini xalqaro brendlarning sifatli mahsulotlari bilan ta’minlash va mahalliy korxonalarning global qo‘shilgan qiymat zanjirlariga kirishi uchun qo‘shimcha sharoit yaratishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-393-son hamda Vazirlar Maxkamasining 2023-yil
9-martdagi "Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida" 99-son qarorlariga muvofiq Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini import qiluvchilar reyestrini yuritish maqsadida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Yagona elektron axborot tizimi ishlab chiqilmoqda.
Mazkur tizim yordamida Vazirlikning rasmiy sayti orqali reyestrga kirish uchun arizalarni yuborish, qabul qilish, ko‘rib chiqish va elektron sertifikat imzolash imkoniyati yaratiladi.
Yangi Yagona elektron axborot tizimi oktabr oyidan ishga tushadi.
